Marafon — shunchaki chat emas. Har hafta bitta tirik misolni suyagigacha ochamiz: qaysi kadr odamni ushlab qoldi, u qaysi soniyada chiqib ketdi, qaysi prompt ishladi. Ichkarida men har kuni ishlatadigan narsalar turadi — ssenariy karkaslari, ChatGPT prompt kutubxonasi, Veo 3 va Seedance uchun tayyor sozlamalar. Nazariya emas, ish quroli.
60 kun shu bilimni jadvalga aylantiradi. Har hafta bitta aniq qadam: nisha, ssenariy, ovoz, generatsiya, montaj, avtojoylash, oʻlchash — va oxirida men qoʻlda tekshiradigan uy vazifasi. Kechikib qolsangiz, quvib yetish kunlari bor. Faqat tugmani sizning oʻrningizga hech kim bosmaydi.
Natijani yarim yoʻldayoq koʻrasiz. Qoʻlingizda har hafta beshta chiqadigan video, murojaatlarni oʻzi qabul qiladigan bot va qaysi rolik nega ishlaganini koʻrsatadigan raqamlar boʻladi. Pastda oʻzingizga mos tarifni tanlang — bot shu zahoti shartlarni yuboradi.
Dastur bitta, chuqurligi har xil. Tugmani bossangiz, bot tanlangan tarifni oʻzi biladi — hech narsa yozib oʻtirmaysiz.
Noldan boshlaydiganlar uchun asosiy dastur. Oʻn ikki haftalik jadval, video darslar, prompt va ssenariy shablonlari, uy vazifalari tekshiruvi va oqim chati.
Tajriba, jamoa yoki kamera shart emas. Telefon yoki kompyuter va haftasiga 4 soat yetadi — qolganini jadval hal qiladi.
Standardning hammasi, ustiga chuqurroq qatlam. Har hafta jonli razbor, ssenariylaringizga shaxsiy fikr, ikkita 1:1 strategiya sessiyasi, voronka shablonlarim, Claude bilan sayt va Telegram bilan Instagramni toʻliq avtomatlashtirish.
Premiumning hammasi, ustiga men shaxsan ishlayman. Konveyeringizni birga sozlaymiz, har hafta yakkama-yakka koʻrishamiz. Mobilografiya, hosting va avtomatizatsiya modullari, ChatGPT, Gemini (Veo 3) va Seedance akkauntlari — hammasi mendan.
Mahsuloti va murojaatlari bor, lekin kontent qoʻlda ketyapti — va buni ikki oyda tizimga aylantirish kerak. Bir oqimda beshtadan koʻp olmayman.
Ikkilanyapsizmi — botga savolingizni yozing. Nishangizni aytasiz, qaysi tarif ortiqcha ekanini toʻgʻridan-toʻgʻri aytaman.